QARO'ZBРУСENG

Filialimizning rahbar xodimlari TATUga tashrif buyurdi.

TATU rektori B.Maxkamovning filialimizda o'tkazgan "Sayyor qabul"i doirasida berilgan topshiriqlari asosida  filialimiz rahbar xodimlari TATUga tashrif buyurdi. 

Joriy yilning 14-15-mart kunlari filialimiz xodimlari TATUda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, hamkorlik dasturlari doirasida tashkil etilgan ilmiy va o'quv labaratoriyalari bilan tanishdi.

TATUda olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarni Nukus filialida ham joriy etish, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.