QARO'ZBРУСENG

TATU_NF vebinar

Joriy yilning 4-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida "El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, professor-oʻqituvchilari uchun “Glazgo universitetida bakalavriat, magistratura va doktorantura taʼlim dasturlarida tahsil olish imkoniyatlari” mavzusida Zoom platformasi orqali onlayn vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda filialimiz bitiruvchi kurs talabalari, ilmiy xodimlar va professor-oʻqituvchilar qatnashdi. Unda "Glazgo universiteti" haqida to'liq ma'lumotlar berilip, hujjat topshirish ishlari bo'yicha tushunchalar va tavsiyalar ulashildi.