QARO'ZBРУСENG

TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024 forumi 2- kunidan fotolavhalar

TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024 forumi davom etmoqda

Forum doirasida Orol bo'yi tarixiy muzeyi hamda Orol dengizi tubidagi kemalar qabristoniga ekskursiya tashkil etildi.

Ma'lumot uchun: 1960 yillarda Mo‘ynoq shahri bir xil nomdagi orolning porti bo‘lib, unga yo dengiz orqali yoki samolyotda borish mumkin edi. Aytishlaricha, bir kechaning o‘zida dengizning 200 metr suvi sayozlashgan holatda bo‘lib qolgan. Ertasi kuni odamlar dengizga kelib, bu holatni ko‘rib yig‘lashgan. Vaqt o‘tgandan keyin portdan qirg‘oqqacha kanal qazib dengizga quyishmoqchi bo‘lishadi, lekin hamma urinish besamar ketib, hamma suvlar qurilishga ketib qoladi. Bugungi kunda Orol dengizi va Mo‘ynoq o‘rtasidagi masofa 100 km.ni tashkil etadi. Aholi tevarak-atrofdagi joylardan zanglagan kemalarni qurigan Orol dengizi portlariga olib borib qo‘yishgan, butun dunyo sayyohlari ana shu manzarani tomosha qilishga kelishadi.