QARO'ZBРУСENG

TATU rektori B.Maxkamov sayyor qabuli

Mo'ynoq tumanida OTM lar ichida ilk marta rektor sayyor qabuli tashkil qilindi

Shu yilning 7-may sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov va universitet rahbariyati tomonidan Mo'ynoq tumanida sayyor qabul tashkil qilindi.

Qabul jarayonida Mo'ynoq tumani yoshlarining universitet va uning filiallariga aloqador murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

TATU rahbariyati sayyor qabuldan so'ng "Future Muynak IT-Center" faoliyatini ko'zdan kechirib, Mo'ynoqlik yoshlar bilan erkin suhbat tashkil qilindi. Suhbat davomida yoshlar o'zlarining takliflarini ham ilgari surdi. Masalan, O'zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Mo'ynoq tuman kengashi raisi Paraxat Umirzakov Future Moynaq IT-markazida yoshlar IT sohasiga oid bilimlarni qunt bilan o'rganayotganligini ta'kidladi va aynan IT sohasiga qiziqadigan Mo'ynoqlik yoshlar uchun TATU da yozgi IT-ta'lim oromgohini tashkil qilish go'yasini oldiga surdi.

TATU rahbariyati ushbu taklifni qo'llab-quvvatlashini va albatta Mo'ynoq yoshlarini yozda kutib qolishini ma'mnuniyat ila bildirdi.  Yoshlar bilan uchrashuv so'ngida markazda ta'lim olayotgan iqtidorli yoshlarga sertifikatlar hamda esdalik sovg'alar topshirdi.