QARO'ZBРУСENG

Fan va ta’limda zamonaviy kompyuterli dasturlashtirish, telekommunikacion texnologiyalarning bugungi zamon kórinishi va ularni óqitishda innovacion yondashish masalalari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida  15-16- noyabr kunlari “Fan va ta’limda zamonaviy kompyuterli dasturlashtirish, telekommunikacion texnologiyalarning bugungi zamon kórinishi va ularni óqitishda  innovacion yondashish masalalari ” nomli Respublika  ilmiy - texnik anjuman ótkazildi.
Anjumanni filialning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bóyicha direktor órinbosari t.f.n. B.SH.Aytmuratov ochib berdi va olib bordi.

Anjuman quyidagi shóbalar bóyicha o'tkazildi:
1.Matematik va kompyuterli modellashtirish hamda dasturlashning zamonaviy uslublari;
2.Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot sohalarida axborot kommunikaciya texnologiyalarini qóllashning ilǵor tajribalari; 3.Tabıiy va gumanitar fanlarni óqitishda innovacion yondashuv; 4.Kasbiy talim fanlarini óqitishning hozirgi zamon usullari muammolari; 5.Telekommunikaciya texnologiyalari muammolari va uning kelajagi;
6.Elektron hukumat va uning xavfsizlik muammolari.


Anjumanda respublikamizdagi OTM professor-óqituvchilari va tadqiqotchilar óz ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha tayyorlangan ilmiy maqolalari bilan ózbek, rus, ingliz tillarida ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.