QARO'ZBРУСENG

4-bosqich talabalari diqqatiga !!!

4-bosqich talabalari diqqatiga !!!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi 4-kurs talabalari o‘rtasida 2024-yil 1-10-iyun kunlari oralig‘ida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi tashkil etilayotganini ma’lum qilamiz. 

Olimpiadada ishtirok etish istagi bor 4-kurs talabalari joriy yil 30-mayga qadar olimpiada.edu.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

G‘oliblar magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.