QARO'ZBРУСENG

"Ózbekiston- umumiy uyimiz" shiori ostida madaniy ‐ marifiy tadbir ótkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida "Ózbekiston- umumiy uyimiz"  shiori ostida madaniy ‐ marifiy tadbir ótkazildi. Tadbirga Qozoq markazidan R.Kenjaeva va K.Mirzabaeva, "Slavitush" Ukraina madaniyat markazidan V.Mamutova va filialning Óquv va tarbiya ishlari bóyicha direktor órinbosari X.Seytkamalov, "Kompyuter injinering" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bóyicha dekan órinbosari Sh.Baymuratov va bir qator talaba- yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida har xil millat vakillarining Ózbekistonda ahl va inoq yashab kelayotgani va bir - birlariga mehmondóstligi haqida sóz bordi. Shuningdek, filial talabalari tomonidan tayyorlangan sahna kórinishlari barchaga zavq ulashdi.