QARO'ZBРУСENG

Filial direktorining abituriyentlarga murojaati!

foto

Hurmatli abituriyent!

Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan Muxammad al‑Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialini tanlaganingiz uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

O’quv yurtimiz jamoasi o’z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo’lishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o’z maqsadlariga yetishishida ularni har tamonlama qo’llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.

2020/2021 o’quv yilida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha 8 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida 325 nafar talabani qabul qiladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday g’amxo’rlik natijasida talabalikka qabul qilingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish to’liq masofadan amalga oshirildi. Bizning Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialimizni birinchi oliy ta’lim muassasi sifatida 2782 nafar abituriyent, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim muassasasi sifatida 14 125 nafar abituriyent hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazdilar.

Siz hujjat topshirgan ta’lim yo’nalishi va shakli bo’yicha necha nafar abiturient hujjat topshirgani va tanlov ko’rsatkichlari haqida to’liq ma’lumotlar https://qabul.dtm.uz/ saytida tegishli jadvallarda berilgan.

Bugungi kunda butun dunyoda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz ‑ yoshlarning salomatligingizni o’ylab, o’z bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, ya’ni ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020-yil sentyabr oyining 2-sanasidan boshlab o’tkazilishi rejalashtirildi.

Siz pasortingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada ko’rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib o’tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22-avgustidan boshlab DTM sayti (https://abitur.dtm.uz/) dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!

MUHTARAM ABITURIYENT

Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalarga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda va o’z vaqtida yetib kelishingizni va shu barobarida aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlarini so’raymiz.

Kirish imtihonlarining o’tish muddati, jadvali va natijalari hamda o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni https://dtm.uz saytidan, Muhammed al‑Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining https://tatunf.uz saytidan, filialimiz tomonidan qabul jarayoni uchun yaratilgan telegram kanalidan (https://t.me/tatunfqabul2020) olishingiz yoki 61-222-46-12, 61-222-61-11, 61-222-14-69 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Unutmang, faqat puxta tayorgarlik va kuchli bilim bilangina talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o’z ustingizda ishlashdan to’xtamang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o’tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Omad yor bo’lsin!

 

Hurmat bilan,

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Nukus fililali direktori:                                                   B.T. Kaipbergenov