QARO'ZBРУСENG

“Buyuk tashabbus-buyuk kelajak” nomli o’quv-seminar tashkil qilindi

Xabaringiz bor, Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi “ Orol va Mo’ynoq tag’diri: dengiz chekinyapti, lekin inson chekinmaydi” mavzusida Nukus shahridan 400 km olisda Orolning qurigan hududida tashkil qilingan edi. Mazkur press-klubda “ Mo’ynoq- 2019” hayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi va bugungi kunga qadar 6 milliard so’mdan ortiq mablag’ kelib tushganligi aytildi.

Bugun Respublikamizda olib borilayotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlarning mazmun-mohiyatni professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida TATU Nukus filialida “Buyuk tashabbus-buyuk kelajak” nomli o’quv-seminar tashkil qilindi.

- “Bugungi seminar-treningda Prezidentimizning Oliy Majlisga yo’llagan Murojatnomasida belgilab berilgan vazifalar ayniqsa, Orol mintaqasida istiqomat qiluvchi aholining yashash shar oitini yaqshilash maqsadiga oid olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati tushuntirildi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, bugungi kunda qumli sahroga aylangan 500 ming gektar hududlarida saksavul ekish ishlari, kuni-tun olib borilmoqda.

Bugun dunyo ahli o’z hissasini qo’shayotgan bir paytda biz Orol hududida istiqomat qilayotgan yoshlar befarq bo’lmasdan o’z innovatsion g’oyalarning bilan o’z hissamizni qoshishimiz lozim “ -, deydi TATU Nukus filiali talabasi Nodirbek Ayitbaev. Seminar-trening davomida talaba yoshlarga mavzuga oid hujjatli-film namoyish etildi.

TATU Nukus filiali “Reportyorlar” klubi a’zosi, Benazir Reyimbergenova