QARO'ZBРУСENG

Startup tashabbuslari dasturi o'z ishini boshladi

Bugun TITU Nukus filialida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining "O'zbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish" qo'shma loyihasi, Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va boshqa qator hamkor tashkilotlari tomonidan yoshlarning "Startup-tashabbuslari" dastur o'z ishini boshladi. Ikki kun davom etadigan o'quv-seminarda ishtirokchilar o'z loyihalarini ishga tushirish asoslarini o'rganadilar.

Mazkur o'quv-seminarda hududiy bosqichlarda g'olib bo'lgan TITU Nukus filiali talaba yoshlari faol ishtirok etmoqda.

TATU Nukus filiali Matbuot xizmati