QARO'ZBРУСENG

“Islom Karimov-mustaqil O’zbekiston asoschisi” shiori ostida adabiy kecha o’tkazildi

2018 yil 26 yanvar kuni soat 1130da filial katta majlislar zalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali O’quv va ilmiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari X.Seytkamalov rahbarligida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag’ishlab “Islom Karimov-mustaqil O’zbekiston asoschisi” shiori ostida adabiy kecha o’tkazildi.

Mazkur kechaga Respublika Ma’naviy-ma’rifiy markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi boshlig’i Q.Yusupov, «Qoraqalpog’iston adabiyoti» gazetasi bosh redaktoriinng o’rinbosari G.Nurlepesova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri B.Utemuratov, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Xodjanov, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti etakchisi K.Ergaliev va filial 1-kurs 120 nafar talaba-yoshlari qatnashdi.