QARO'ZBРУСENG

Mening Prezidentim

Joriy yilning 27-may kuni Uzbekiston kasaba uyushmalari federaciyasida "Yangi Uzbekistonni o'zimiz, o'z qo'llarimiz bilan bunyod etamiz!" Respublika esselar tanlovi final bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining Kompyuter injiniring fakulteti iqtidorli talabasi Sherimmatova Aziza ham faol ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan Diplom, Noutbook, "Mening Prezidentim" nomli kitoblar jamlanmasi va boshqada qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Albatta, hayotda har bir insonda qandaydir bir qobiliyat yashiringan bo'ladi. Uni namoyon etishda kimdir sport bilan shug'ullanadi, kimdir esa hunar egallaydi. Lekin shunday insonlar bor ular ilohiy kushga tayanadi.

Qo'lga qalam olib, so'z sehri orqali o'z qobiliyatini oq varaqga jamlaydi. Aziza Sherimmatova mana shunday talantli yoshlardan biri. Biz uning kelgusida bundan da katta tanlovlarda ishtirok etishiga ishonamiz.