2020-yil 19-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida dasturlash bo’yicha yoshlarning bilimini aniqlash, kelajakda respublika olimpiadalariga tayyorlash, shuningdek “Bir million dasturchi” dasturi doirasida talabalarni dasturlashga jalb qilish maqsadida "Dasturiy injiniring va matematik modellashtirish" kafedrasi professor – o’qituvchilari tomonidan "Dasturlash" bo’yicha http://acm.tatunf.uz/ kontesti orqali onlayn olimpiada sinovlari o’tkazildi.
