QARO'ZBРУСENG

Axborot texnologiyalari kafedrasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali "Axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri, f.-m.f.n

Tureniyazova Asiya Ibragimovna

Telefon: (8361) 222-49-10;
Faks: (8361) 222-49-10;
E-mail: tatunf-it@umail.uz

Kafedra tarixi:

«Axborot texnologiyalari» kafedrasi 2005 yil avgust oyida tashkil qilindi. 2021 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga Tureniyazova Asiya Ibragimovna rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra jamoasi o’z oldiga asosiy vazifalar etib zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha yetuk bakalavrlarni tayyorlash, o’quv metodik, ilmiy-tadqiqot ishlarini va kafedra ilmiy salohiyatini ko’rsatishni belgilagan. Hozirda kafedrada 2 ta professor, 7 ta dotsent, 3 ta katta o’qituvchi va 14 ta assistent-o’qituvchilar fanlardan mashg’ulotlar olib bormoqda.

«Axborot texnologiyalari» kafedrasi 2005 yildan «Informatika va axborot texnologiyalari» va 2008 yildan «Servis (axborot servisi)», 2010 yildan «Korxonalar servisi (elektron va kompyuter texnikasi bo’yicha)», 2011 yildan «Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (sohalari bo'yicha)» , 2013/2014 o’quv yilidan boshlab «5330500 – Komp`yuter injiniringi (“Komp`yuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Axborot xavfsizligi”, “Mul`timedia texnologiyalari”), 2014/2015 o’quv yilidan boshlab 5330600 –“Dastutiy injiniringi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlashga ma’sul hisoblanadi. Bundan tashqari 2012/2013 o`quv yilidan boshlab 5A330201 – «Komp`yuter tizimlari va ularning dasturiy ta`minoti (tarmoqlar bo`yicha)» va 5A330501 – «Komp`yuter injiniringi (“Komp`yuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va mul`timedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz”)» magistratura mutaxassisliklari ochilib, kafedramiz bu bo`yichada mutaxassislar tayyorlashni boshladi. Kafedrani 2005-2014 yillar davomida «Informatika va axborot texnologiyalari» yo’nalishi bo’yicha 431 bakalavrlar va 38 magistrlar muvaffaqiyatli tugallashdi. Hozirgi vaqtda ular xalq xo’jaligining har xil sohalarida: respublika litsey, kollejlari va aloqa va axborotlashtirish agentligi xududiy korxonalarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:

  • 5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari;
  • 5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (sohalar bo’yicha).
  • 5330500 – Komp`yuter injiniringi (“Komp`yuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Axborot xavfsizligi”, “Mul`timedia texnologiyalari” )
  • 5330600 – Dastutiy injiniringi

Kafedra magistratura ta’lim yo’nalishlari:

  • 5A330501 – «Komp`yuter injiniringi (“Komp`yuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va mul`timedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz”)»;
  • 5A330201 – «Komp`yuter tizimlari va ularning dasturiy ta`minoti (tarmoqlar bo`yicha)»;

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

  • Axborotlarni izlash va ajratib olish
  • Bioinformatika va biomexanika
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Inson va komp'yuter uzaro ta'siri
  • Kompyuter arxitekturasi
  • Kompyuterni tashkil etilishi
  • Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmi
  • Nutqni tanish algoritmlari
  • Real vakt tizimlari
  • S.Kompyuter arxitekturasi
  • S.Kompyuterni tashkil etilishi
  • S.Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
  • Signallarga raqamli ishlov berish
  • Suniy intellekt va neyron tarmoqlari
  • Sun'iy intelekt
  • Структура и алгоритмы обработки данных
  • Прикладные пакеты векторные графики

Kafedra professor-o’qituvchilari

  • dots. Tureniyazova Asiya  kafedra mudiri
  • dots. Aytmuratov Bakbergen o`qituvchi
  • dots. Seitnazarov Kuanishbay o`qituvchi
  • katta uk. Tleuov Kuatbay o`qituvchi
  • ass. Ayimbetova Gulara o`qituvchi
  • ass. Bekbosinov Alisher o`qituvchi
  • ass. Yelmuratov Kudiyar o`qituvchi
  • ass. Yerejepov Keulimjay o`qituvchi
  • ass. Yesbergenov Xamidulla o`qituvchi
  • ass. Nurimbetov Baxbargen o`qituvchi
  • ass. Xojaniyazova Seregul o`qituvchi

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

«Axborot texnologiyalar» kafedrasi professor – o`qituvchilari 2013 yillarida quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

1. Kafedra doktorantlari

2013-yili kafedradan 1 doktorant ilmiy ishini davom ettirmoqda. U:

Axborot texnologiyalar kafedrasida 3 ta o`qituvchi mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ular:

  1. Allamuratov R. Doktorant. Toshkent davlat texnika universiteti. Ilmiy raxbar: professor Uteuliev N.
  2. Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash
  3. Babadjanov E.S. Ilmiy raxbari t.f.d. B.T.Kaipbergenov. Doktorlik dissertatsiya mavzusi: «Ta`limda interaktiv xizmatlarni tashkil etish, boshqarish, baholash modellari va dasturiy ta`minoti».
  4. Saparova G.A. Ilmiy raxbari t.f.d. professor M.M. Karimov. Doktorlik dissertatsiya mavzusi: «Razrabotka i issledovanie apparatno – programmnыx sredstv povыsheniya urovn`ya zashishennosti informatsionno kommunikatsionnыx sistem»
  5. Madreymova Z.B. Ilmiy raxbari f-m.f.d. professor N.U. Uteuliev. Doktorlik dissertatsiya mavzusi: «Chiziqli ko`p kriteriyali masalalarni yechishning dasturiy majmuasini yaratish».

2. Kafedrada bajarilayotgan proektlar haqida ma`lumot.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi doirasida bajarilayotgan davlat ilmiy texnika dasturlaridan 1 ta ilmiy amaliy loyixasining 2013 yildagi ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. Ushbu: Shifri- A5-060 «Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksining ekologik-iqtisodiy modeli bo`yicha xisoblashlar o'tkazishning dasturiy vositalarini ishlab chiqish» (Muddati 2012-2014 yillar. Loyiha ilmiy rahbari prof. Uteuliev N.U. 2013 yilga ajratilgan mablag 25 mln. sum) ilmiy amaliy loyixasi bo'yicha 2013 yilga hisobat tayyorlandi va TATU ilmiy bo`limiga taqdim etildi. Amaliy loyixa bo'yicha 2013 yili olingan asosiy ilmiy natijalar quyidagicha:

  • Zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlili o`tkazildi. Tadiqot ob`ekti o`rganildi.
  • Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksi ekologik-iqtisodiy modellarini ishlab chiqish masalalari va ularni yechish usullari o`rganildi.
  • Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksi ekologik-iqtisodiy modellarini yechish algoritmlari o`rganildi.
  • Ekologik-iqtisodiy model doirasida qaraladigan optimallashtirish masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.