QARO'ZBРУСENG

Filialga qabul

Hujjatlar to'plami

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.