TATU Nukus filiali jamoasi "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etdi
Báhár - tazalıq hám jańalanıw máwsimi! Bahor - tozalik va yangilanish fasli! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali "Kompyuter injiniringi" fakulteti talaba-yoshlari bahor mavsumining kirib kelishi munosabati bilan obodonlashtirish va tozalik ishlariga hissa qo‘shdi. Fakultet dekani T.Berdimbetov, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Baymuratov va tyutorlar rahbarligida talabalar hududlarni tozalab, shahrimizning yanada toza bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Professor-o‘qituvchilar ham bu obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, talabalarga o‘rnak bo‘ldi. Obodonlashtirish ishlarida filial xodimlari, professor-o'qituvchilar ham faollik ko'rsatmoqda. Bahor - nafaqat tabiatning uyg‘onish fasli, balki yangilanish va kelajakka umid bilan qadam qo‘yish davridir. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish ruhini tarbiyalaydi. Loyiha doirasida "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi" fakultetida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Unda filial xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Toza va yashil muhit - hammamizga zavq bag‘ishlaydi! Keling, tabiatni birgalikda asrab-avaylaylik!