QARO'ZBРУСENG

ikkinchi oliy ta'lim

Davlat oliy ta'lim muassasalarida sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi oliy ta'lim olmoqchi bo'lgan abiturientlar diqqatiga!

Fuqarolar hamda oliy ta'lim muassasalarining murojaatlari inobatga olinib, ikkinchi oliy ta'lim bo'yicha 2020/2021 o'quv yili qabuli uchun belgilangan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati kengaytirildi va mos ravishda qabul ko'rsatkichlari oshirildi.

Ikkinchi oliy ta'limga qabul uchun arizalarni ro'yxatdan o'tkazish ikkinchitalim.edu.uz – veb-platformasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

2020/2021 o'quv yiliga respublika oliy ta'lim muassasalariga ikkinchi oliy ta'limni olish uchun abiturient sifatida ro'yxatdan o'tish muddati 2020 yil 31 avgustgacha (31 avgust kuni ham).

2020/2021 o'quv yili qabuli uchun Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialiga sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi oliy ta'lim olish bo'yicha belgilangan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati

Shifr Ta'lim yo'nalishlari nomi
1 5330300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo'yicha)
2 5330501 Kompyuter injiniringi: kompyuter injiniringi
3 5330502 Kompyuter injiniringi: AT-Servis
4 5350101 Telekommunikasiya texnologiyalari (“Telekommunikasiyalar”)