QARO'ZBРУСENG

Magistratura to'g'risidagi nizom

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418-son buyrug'iga ILOVA
Magistratura to’g’risidagi nizom

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida’ti (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) konuilariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-145b-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 30-son, 346-modda), shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-soi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi kopun x,ujjatlari to’plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) va 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi kopun hujjatlari to’plami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va rakobatbardoshligini kuchaytirish, “magistr” darajasini berish bo’yicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qo’yiladigap mezonlar va talablar hamda xalkaro ta’lim standartlari darajasida oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Tegishli mutaxassisliklar bo’yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyurgmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o’tgan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

3. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko’ra ta’lim yo’nalishining aniq mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasi to’g’risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
Magistratura talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi 'O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi nizom (ruyxat raqami 1963, 2009 i il 5 iyun) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009 y„ 23-son, 267-modda) asosida amalga oshiriladi.

4.Tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisiliklari bo’yicha oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilarining (bundan buyon matnda buyurtmachilar deb yuritiladi) takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarishga yo’naltirilgan dasturlar bo’yicha maqsadli magistrlar tayyorlash yo’lga ko’yiladi.

5.Oliy ta’lim muassasalari barcha bulinmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bo’limi tomonidan kafedra va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.

6.Magistraturada ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot shartnoma (to’lov- kontrakt) asosida olinadi.

II bob. Magistrlarning tayyorgarligiga qo’yiladigan umumiy talablar

7. Magistrlarning tayyorgarligiga nisbatan qo’yiladigan umumiy malaka talablari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risidagi qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaxassislik bo’yicha magistrlarning tayyorgarligiga nisbatan qo’yiladigan malaka talablari ushbu qarorga asosan oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi.

8. Magistr:

  • tanlangan mutaxassislik bo’yicha mustakil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doyr faoliyatini yuritish;
  • tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limdan keyingi katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutida taxsil olish;
  • kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ko’shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.

9. Magistr uzining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-iedagogik tayyorg arligiga muvofiq; kasbiy faoliyatining:

  • loyiha-konstruktorlik; loyiha-texnologik; ilmiy tadqiqot va tajriba; ishlab chiqarish boshqaruvi;
  • ilmiy-pedagogik;
  • ilmiy-ijodiy turlari, shunipgdek bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos boshqa mutaxassisliklari bo’yicha xam shugullanishi mumkin.

III bob. Magistratura ta’lim dasturi hamda o’quv jarayonining tashkil etilishi

10. Magistratura ta’lim dasturlariga nisbatan ko’yiladigan umumiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risidagi qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaxassislik bo’yicha magistratura ta’lim dasturlariga nisbatan qo’yiladigan talablar ushbu qarorga asosan oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi.

11. Magistraturada o’quv jarayoni tegishli ta’lim yo’nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o’tkazilgan hamda Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yunalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo’yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari ва va o’quv rejalari asosida tashkil etiladi.
Tanlov fanlari magistrlik dissertatsiyalarining (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) mavzularidan yoki buyurtmachilar tomonidan mutaxassis kadrlarga quyiladigan talablar asosida belgilangan tartibda o’quv rejaga kiritiladi.

12. Ayrim mutaxassisliklar bo’yicha o’quv jarayonining o’ziga xos hususiyatlarini va magisgraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib, magisgraturada o’qish davrining umumiy hajmi (nazariy ta’lim, attestatsiya, amalist, ta’til va ilmiy faoliyat taqsimoti)ga Vazirlik bilan kelishilgan holda o’zgartirish va qo’shshimchalar kiritilishi mumkin.

13. Talabalarning mustaqil ish o’quv rejasidagi muayyan fanni o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv jarayonining ajralmas qismi bo’lib, bilimlarni mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini shakllantirish va zamonaviy axborot manbalaridan samarali foydalanishga yunaltiriladi.

14. Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar quyiladi:

davlat ta’lim standartlari talablari darajasida nazariy va amaliy ta’lim. laboratoriya mashgulotlari, ilmiy tadkikot ishlarini olib borish xamda dissertatsiyalarni tayyorlash uchun zaruriy o’quv-uslubiy va moddiy-gsxnik bazaning mavjudligi;

tashkilotlarda davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalariga muvofiq talabalarning amaliyotlarini o’tkazish uchun oliy ta’lim muassasasi, fakultet yoki kafedralar bilan tashkilotlar o’rtasida to’zilgan shartnomalarning mavjudligi;

magistrlar tayyorlash jarayoniga yuqori malakali o’qituvchilar, fan nomzodi va dotsentlar, fan doktori va professorlar, shuningdek tajribaga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilarning jalb etilishi.

15. Magistraturada talabaning mazko’r Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi shaxsiy kalendar ish rejasi (bundan buyon matnda ish reja deb yuritiladi) asosida ta’lim olishiga magistratura bo’limi boshlig’i, tegishli fakultet dekani va kafedra mudiri hamda ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) mas’ul hisoblanadi.

Ish reja o’quv-uslubiy, ilmiy-tadkikot, dissergatsiyani tayyorlash, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyatiga oid tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi.

Ayrim mutaxassisliklar bo’yicha o’quv jarayonining o’ziga xos hususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib ish rejaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin.

16. Ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tegishli kafedrada tasdiqlangan ish reja magistratura bo’limi tavsiyasi asosida oliy ta’lim muassasasining o’quv ishlari bo’yicha prorektori tomonidan gasdiqlanadi.

17. Talaba ish rejaning bajarilishi bo’yicha har oyda kafedra yig’ilishida rasmiy hisobot beradi. Bunda talabalar hisobotini eshitish jadvali tegishli kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va magistratura bo’limi bilan kelishgan holda tegishli fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi.

Kafedra mudiri talabalarning fanlarni o’zlashtirishi, ularniig ilmiy-tadkikot ishlari holati bo’yicha har semestrda 1 marta tegishli fakultet ilmiy kengashi (o’quv- uslubiy kengash)ga hisobot berishi lozim.

Talaba ilmiy rahbari ishtirokida semestrlar yakunida tegishli fakultet ilmiy kengashi (o’quv-uslubiy kengash) va magistratura bo’limiga dissertatsiyaning bajarilish xolati, ilmiy, uslubiy maqolalar tayyorlanishi, o’tkazilgan ijodiy ishlar va boshkalar haqida yozma hisobot takdim etadi.

18. Talaba tomonidan ish rejasini tizimli ravishda bo’zilishi va talaba aybi bilan dissertatsiyaning o’z vaqtida bajarilmasligi holatlarida ilmiy rahbar talabaga ilmiy rahbarlik qilishdan voz kechishi va uni dastlabki ximoyaga tavsiya etmasligi mumkin.