QARO'ZBРУСENG

O'zbekiston - Belorussiya qo'shma fakulteti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo'shma fakulteti (TATU NF-BDIRU ATQF) bakalavriatning Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar ta’lim dasturi bo'yicha o'qishga hujjatlarni qabul qiladi.

Читать на русском языке

Ushbu fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega bo'lishadi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

  • Eng yaxshi bitiruvchilar Belorussiya respublikasida ishga joylashishlari mumkin;
  • Belorussiyada yotoqxona taqdim etiladi;
  • Talabalarga stipendiya to'lanmaydi.

O'qish uchun to'lovlar quyidagilarni tashkil qiladi:

  • Birinchi bosqichda (TATU NF da 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSh doll.
  • Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSh doll.

TANLOVDA QATNASHISH UCHUN:

1) TATU NF-BDIRU ATQF qabul komissiyasining tanlovida ishtirok etish uchun 20.08.2020 gacha onlayn ariza topshiring hamda quyidagi hujjatlarni elektron ko'rinishda JPEG yoki PDF formatida ilova qiling (hujjatlardagi ma’lumotlar o'qish va ishda qo'llash uchun tushunarli bo'lishi kerak):

  • pasport (16 yoshga to'lmaganlar uchun tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma) nusxasi
  • umumiy o'rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat.

Onlayn ro'yxatdan o'tish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda hujjatlarni Qabul komissiyasiga quyidagi manzil orqali yuboriladi: https://qabul.tatunf.uz

Telegram kanal: https://t.me/tatunfqabul2020

2) KIRISH SINOVLARIDAN O‘TING.

Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish bo‘yicha suhbat va yozma test (matematika, fizika va informatika)) natijalari asosida amalga oshiriladi.

Kirish sinovlari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi.

2020-2021 o‘quv yiliga TATU NF - BDIRU ATQF bakalavriati ta’lim dasturiga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari

Ta’lim yo‘nalishi Qabul rejasi
Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar 25

*qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar g‘oliblari tanlovdan tashqari tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.

Kirish imtihonlarini o'tkazish muddatlari haqida qo'shimcha xabar beriladi.

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti haqida quyidagi videoroliklarni ko'ring

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti haqida(.pdf)

Qo'shimcha ma'lumotlar bo'yicha quyidagi mobil telefonlariga murojaat etishingiz mumkin:

+99893-486-18-41 - Djaykov Gafur

+99893-369-27-05 - Yarlashov Rinat