QARO'ZBРУСENG

Iqtidorli talabalar bilan ishlash sektori faoliyati bo’yicha ma’lumot

Filialda 2014 yildan boshlab ichki buyruq asosida Filial iqtidorli talabalarini saralab olish maqsadida talaba-yoshlar o’rtasida O’zbekiston tarixi, horijiy tillar va axborot texnologiyalari fanlaridan test hamda suhbat tashkil etildi. Saralash natijalariga ko’ra filialda o’qishi davomida yuqori natijalarga erishayotgan, a’lochi hamda tashkilotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan 40 iqtidorli talabalar saralab olinib iqtidorli talabalar bilan ilmiy ishlarini davom ettirish, nomdor stipendiyalar talablarida ko’rsatilgan maqolalar chiqarishda amaliy yordam ko’rsatish maqsadida 17 professor-o’qituvchi bekitildi.

Filial talaba-yoshlarini ustoz-shogird tizimiga biriktirish natijasida filialimizda 1 kurs magistranti Kalmuratov Bekbosın O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan «Eng faol yosh alokachi» va «Eng faol yosh dasturchi» ko’rik tanlovining «Eng faol yosh dasturchi» yo’nalishi g’olibi bo’ldi.

3 bosqich Kasbiy ta’limi yo’nalishi talabasi Nurımbetov Bakbergen 2014 yil O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» YOIH tashabbusi bilan tashkillashtirilgan «YOsh tadbirkor-yurtga madadkor» tanlovida o’z biznes rejasi bilan ishtirok etdi hamda g’oliblikni qo’lga kiritib 21 mln sum miqdorida imtiyozli kredit hamda «Kamolot» stipendiyasini olishga muvoffaq bo’ldi.

3 bosqich talabasi Tayrov Qudiyar Baxtiyor o’g’li, hamda 1-kurs magistri Kalmuratov Bekbosin Kushkinbaevich «Huawei» kompaniyasi rag’batlantiruvchi mukofoti va stipendiyasi g’olibi bo’ldi hamda iqtidorli talabalarning har biriga 1 000 000 (bir million) so’m miqdorida rag’batlantiruvchi stipendiya berildi.