Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi 3080-son Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 17 iyundagi 130-son buyrug’i bilan tashkil etilgan. Filialning Nizomi bosh tayanch universitet Nizomi va Ustaviga muvofiq tasdiqlangan.
Filialda hozirgi kunda 2 ta o’quv binosi mavjud, eski o’quv binosida 2005 yildan va yangi o’quv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.
TATU Nukus filialida bakalavriatning 6 ta yo'nalishi va magistraturaning 2 ta ixtisosligi bo’yicha ta’lim jarayoni olib boriladi. Yo’nalishlarning va ixtisosliklarning barchasi bo’yicha Davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalari mavjud.
Hozirgi kunda filialda 5330300 - Axborot xavfsizligi(sohalar bo`yicha); 5330600 - Dasturiy injiniring; 5330501 - Kompyuter injiniringi; 5330502 - AT servis; 5330400 - AKT sohasida kasb ta’limi; 5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha o’zbek, qoraqalpoq va rus tillarida bakalavrlarni va 5A330501-Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyixalash), 5A350101- Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari) mutaxassisliklari bo’yicha magistrlarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda filialda 2 ta fakultet, 6 ta kafedra, 8 ta bo’lim, 2 ta markaz va 2 ta sektor faoliyat ko’rsatmoqda.