QARO'ZBРУСENG

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining xalqaro aloqalar bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot

Bugungi kunda filial professor-o’qituvchilari tomonidan xalqaro ta’lim dasturi TEMPUS VI – bo’yicha 1 ta mavzuda – «Enhancing quality of doctoral education at Higher Education Institutions in Uzbekistan – Uzdoc» (bosh koordinator – Belgiya) Belgiya, Italiya, Ispaniya, Xorvatiya davlatlari universitetlari bilan xamkorlikda ishlar olib borish maqsadida loyiha ustida ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 11-17 yanvar kunlarida TEMPUS VI dasturining «O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’lim sifatini oshirish» mavzusidagi loyihada ishtirok etuvchilarning o’z oldiga qo’yiladigan maqsad va vazifalari, ularni bajarish bosqichlari, moliyalashtirish masalalarini echish maqsadida Belgiya davlati Bryussel shahri UNICA universitetida 2014 yilning 14-15 yanvar kunlari bo’lib o’tgan anjumanda ishtirok etish uchun TATU Nukus filiali direktori t.f.d. B.T.Kaipbergenov va «Tabiiy va umumkasbiy fanlar» kafedrasi mudiri f.m.f.n. A.D.Arziev xizmat safarida bo’lib qaytdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son Qarorini bajarish maqsadida TATU va uning filiallari professor-o’qituvchilarini «Dasturiy injiniringi» maxsus kursi bo’yicha Janubiy Koreyaning INHA universitetiga malaka oshirish kursi uchun filialimizdan «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi assistent-o’qituvchisi B.Turumbetov 2014 yil 2 yanvardan 28 fevralgacha Janubiy Koreyaning Inchxon shaxrida, «Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasi assistent-o’qituvchisi SH.YAdgarov 2014 yil 4 mart – 4 iyul oralig’ida Janubiy Koreyaning KyongHee universitetida «Ma’lumotlar bazasi» va «Kompyuter injiniringi» 4 oylik malaka oshirish kursiga Janubiy Koreyaning Seul shaxrida xizmat safarida bo’lib qaytdi. Ushbu malaka oshirish kurslaridan maqsad – INHA va KyongHee universitetlari ta’lim tizimini, o’qitish uslublarini o’rganish va o’zimizda joriy etish, mutaxassislik fanlari bo’yicha darslarni ingliz tilida olib borish uchun malaka oshirish hisoblanadi.

Joriy yilning 26-29 oktyabr kunlarida TEMPUS VI dasturining «O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’lim sifatini oshirish» mavzusidagi loyihada ishtirok etuvchilarning o’z oldiga qo’yiladigan maqsad va vazifalari, ularni bajarish bosqichlari, moliyalashtirish masalalarini echish maqsadida Xorvatiya davlati Zagreb universitetida tashkillashtirilgan anjumanda filialimiz «Tabiiy va umumkasbiy fanlar» kafedrasi mudiri f.m.f.n. A.D.Arziev va Kompyuter injiniring fakulteti dekani N.I.Kalimbetovlar xizmat safarida bo’lib qaytdi.