Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-fevraldagi “OʻzbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 25-son buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 23-bandida talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida onlayn so‘rovnoma o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan @sorovnoma_uzbot(Telegram_bot) manzili tashkil etildi.
Hurmatli talabalar!
Joriy yilning 8-aprel kuni soat 17:00ga qadar mazkur bot orqali berilgan so‘rovnomada faol ishtirok eting.