QARO'ZBРУСENG

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorligining 30 yilligi doirasida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorligining 30 yilligi doirasida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta'siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi.

Tadbir avvalida mehmonlar uchun TTPU bo'ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir kun tartibidagi ma’ruzalarni TATU Nukus filiali AT kafedrasi mudiri, Oliy ta’lim reformalari bo’yicha milliy ekspert dotsent Asiya Tureniyazova “University-industry cooperation. The latest developments in EU” deb nomlangan, 2024 yil 3-4-sentabr Finlandiya davlatining Tampere amaliy fanlar universitetida bo’lib o’tgan "Enhancing University-Industry Collaboration for Current and Future Employment, Innovation, and Sustainable Ecosystems" o’quv tashrifi taasurotlari va takliflari bilan boshlab berdi.

Kun davomida respublikamizda texnika yo’nalishida amalga oshirilgan Erasmus loyihalarida ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik tajribasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.