QARO'ZBРУСENG

Bir million dasturchi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali majlislar zalida Zoom platformasi orqali "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida vebinar tashkil etildi.

 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 06-06/1-3381-sonli yig'ilish bayonining 6-ilovasi 46-bandiga muvofiq "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida xalqaro IT-bozorda talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha o'quv kurslarida xotin-qizlarni ta'lim olishlarini ta'minlash vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida masofaviy ta'lim platformasi imkoniyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan vebinarlar taqvim-rejasi shakllantirilgan edi.

Bugungi vebinarda qatnashchilariga "Cousera" sertifikatini olish haqida ma'lumotlar berilib, uning foydalari haqida tushunchalar aytildi.