Kafedra mudiri: | |
f.-m.f.n., dotsent Tureniyazova Asiya Ibragimovna |
|
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (10:00-12:00) | |
Telefon: +998-90-654-54-45 | |
E-mail: tatunf-it@umail.uz |
Kafedra tarixi:
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi 2005 yil avgust oyida tashkil qilindi. 2021 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga Tureniyazova Asiya Ibragimovna rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra jamoasi o’z oldiga asosiy vazifalar etib zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha yetuk bakalavrlarni tayyorlash, o’quv metodik, ilmiy-tadqiqot ishlarini va kafedra ilmiy salohiyatini ko’rsatishni belgilagan. Hozirda kafedrada 2 ta professor, 7 ta dotsent, 3 ta katta o’qituvchi va 14 ta assistent-o’qituvchilar fanlardan mashg’ulotlar olib bormoqda.
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi 2005 yildan «Informatika va axborot texnologiyalari» va 2008 yildan «Servis (axborot servisi)», 2010 yildan «Korxonalar servisi (elektron va kompyuter texnikasi bo’yicha)», 2011 yildan «Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (sohalari bo'yicha)» , 2013/2014 o’quv yilidan boshlab «5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”), 2014/2015 o’quv yilidan boshlab 5330600 –“Dastutiy injiniringi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlashga ma’sul hisoblanadi. Bundan tashqari 2012/2013 o`quv yilidan boshlab 5A330201 – «Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta`minoti (tarmoqlar bo`yicha)» va 5A330501 – «Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va mul`timedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz”)» magistratura mutaxassisliklari ochilib, kafedramiz bu bo`yichada mutaxassislar tayyorlashni boshladi. Kafedrani 2005-2023 yillar davomida «Informatika va axborot texnologiyalari» va “Kopmyuter injiniringi” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va magistrlar muvaffaqiyatli tugallashdi. Hozirgi vaqtda ular xalq xo’jaligining har xil sohalarida: respublika litsey, kollejlari va aloqa va axborotlashtirish agentligi xududiy korxonalarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
- 60610500 - Komp`yuter injiniringi (Komp`yuter injiniringi)
Kafedra magistratura ta’lim yo’nalishlari:
- 5A330501 – «Komp`yuter injiniringi (“Komp`yuter tizimlarini loyihalash;
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
- Bioinformatika va biomexanika
- Kompyuter arxitekturasi
- Kompyuterni tashkil etilishi
- Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmi
- Nutqni tanish algoritmlari
- Real vakt tizimlari
- Signallarga raqamli ishlov berish
- Taqsimlangan ishlov berish tizimlari
- Amaliy dasturiy paketlar
- Kompyuter modellashtirish
- Geoaxborot texnologiyalari
Magistratura:
- Suniy intellekt va neyron tarmoqlari
- Ubiquiotus-здравоохранение
- Bulutli hisoblash tizimlari
- Industrial ilovalar
- Innovatsya va loyihalarni boshqarish
- VLSI tizimini loyihalashtirish
- Axborotlarni izlash va ajratib olish
Kafedra professor-o’qituvchilari
- f.-m.f.n., dots. Tureniyazova Asiya kafedra mudiri
- f.-m.f.n., dots. Berdimuratov Murat
- t.f.n., dots. Aytmuratov Bakbergen
- t.f.d., dots. Seitnazarov Kuanishbay
- t.f.d., dots. Oteniyazov Rashid
- f.-m.f.d., Utebaev Dawletbay
- PhD Berdimbetov Timur
- PhD Otepbergenov Jetkerbay
- prof. Kopnov Vitaliy
- katta o’qituvchi. Tleuov Kuatbay
- ass. Ayimbetova Gulara
- ass. Bekbosinov Alisher
- ass. Sarsenbaeva Hurlixa
- ass. Yerejepov Keulimjay
- ass. Yesbergenov Xamidulla
- ass. Nurimbetov Baxbargen
- ass. Xojaniyazova Seregul
- ass. Bimuratov Dawletmurat
- ass. Arziev Ali
- ass. Abdinasirova Nargiza
- ass. Ablatova Sahibjamal
- ass. Kurbanbaev Baxtiyar
- ass. Jorabekov Timur
- ass. Muxyatdinov Jamal
- ass. Jumabekova Rimma
- ass. Yarlashov Rinat
Kafedrada bajarilayotgan proektlar haqida ma`lumot.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi doirasida bajarilayotgan davlat ilmiy texnika dasturlaridan 1 ta ilmiy amaliy loyixasining 2013 yildagi ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. Ushbu: Shifri- A5-060 «Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksining ekologik-iqtisodiy modeli bo`yicha xisoblashlar o'tkazishning dasturiy vositalarini ishlab chiqish» (Muddati 2012-2014 yillar. Loyiha ilmiy rahbari prof. Uteuliev N.U. 2013 yilga ajratilgan mablag 25 mln. sum) ilmiy amaliy loyixasi bo'yicha 2013 yilga hisobat tayyorlandi va TATU ilmiy bo`limiga taqdim etildi. Amaliy loyixa bo'yicha 2013 yili olingan asosiy ilmiy natijalar quyidagicha:
- Zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlili o`tkazildi. Tadiqot ob`ekti o`rganildi.
- Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksi ekologik-iqtisodiy modellarini ishlab chiqish masalalari va ularni yechish usullari o`rganildi.
- Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksi ekologik-iqtisodiy modellarini yechish algoritmlari o`rganildi.
- Ekologik-iqtisodiy model doirasida qaraladigan optimallashtirish masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.