3-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Yoshlar kengashining 15-yig'ilishi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar yoshlari o'rtasida "Eng yaxshi startap loyihasi" tanlovi o'tkazildi.
Ushbu tanlovda 200 nafar yoshlar o'zlarining startap loyihalari bilan ishtirok etib, undan eng yaxshi deb topilgan 20 nafar yosh final bosqichiga yo'l oldi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali 3-bosqich talabasi Yuldashev Quwanishbek ham tanlovda faol ishtirok etib, o'zining tayyorlagan startap loyihalari bilan final bosqichiga yo'llanmani qolg'a kiritdi.
Biz filial jamoasi nomidan Yuldashev Quwanishbekni ushbu yutugi bilan tabriklaymiz va kelgusida kutilgan final bosqichida munosib o'rinlarni egallashiga ishonamiz!
Ma'lumot uchun, Tanlovda g'olib deb topilgan 10 ta startap loyihaning har biriga 10 000 AQSH dollari ajratish rejalashtirilgan.