Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 25-may kuni "Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda e'tibor qaratish lozim bo'lgan dolzarb masalalar" nomli uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvni filialning Yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Kudaynazarova ochib berdi va olib bordi.
Unda soha vakillaridan QR. IIV Tezkor -qidiruv hamkorligi bo'limi o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili S.B.Alifbaev, filial assistant-o'qituvchisi Q.Asqarov, Kompyuter injiniring fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Unda kiber jinoyatchilikning kun sayin avj olib borayotgani, yoshlarimiz bu borada yetarli tushunchalarga ega bo'lmay, ushbu zararli illatlarning qurboniga aylanib qolayatgani achinarli holat ekanligi takidlandi.
Bayonatchilar tomonidan mavzuga doir yetarli tushunchalar berilib, fikir va mulohalar tinglandi.