QARO'ZBРУСENG

Bósh ish órinlari yarmarkasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2022-yil 4-mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida soha korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda "Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi" tashkil etildi. Yarmarkada filial direktori B.Qaipbergenov so'zga chiqib, barcha soha va tashkilot rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

 

 

Ushbu yarmarkada ishga joylashish maqsadida bo'lgan barcha yoshlar, band bo'lmagan fuqarolar, xotin-qizlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ular yarmarka davomida sohasi va qiziqishlari bo'yicha taklif etilgan ish o'rinlarni o'rganib, shartnomalar tuzishga kelishib olishdi.

Yarmarkani o'tkazishdan maqsad, ish beruvchilar bilan  bevosita muloqot orqali ish topish, kadrlarga ehtiyoji bor korxonalar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish va ish beruvchilarga kerakli kadrlarni tanlashda amaliy yordam ko'rsatishdan iborat.