Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida "Ommaviy madaniyat - millat ko'shandasi" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Nurimbetov ochib berdi va olib bordi.
Uchrashuvga Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi madaniyat markazi direktori G.Mamatova, Vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari G'.Nazarov, gornizon askarlari va filialimiz Kompyuter injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Baymuratov, tarbiyachi pedagog B.Izzetov va talaba - yoshlar ishtirok etdi.
Unda filialimizga tashrif buyurgan mehmonlar yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanish, xalqaro tanlovlarda qatnashib, ta'lim muassasasining nufuzini oshirishga undadi. Chuningdek, talabalar ham askarlar bilan bo'lgan uchrashuvdan o'zlariga katta ta'surotlar oldi.