Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekologiya partiyasi a'zosi Leyli Seyitova rahbarligida zoom platformasi orqali Robert Alfred Dinovich bilan uchrashuv o’tkazildi. Bunda filialning iqtidorli talabalari ingliz tilida Robert Alfret bilan suhbat qurib, loyiha haqida o’zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Uchrashuvga filialning O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari X.Seytkamalov, Ishlar boshqarmasi boshlig'i N.Kalimbetov, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri A.Toreniyazova va chet tili fan o'qituvchilari ham ishtirok etdi.
Loyihada asosan suvni tejab ishlatish va mintaqadagi sho’r ichimlik suvi, zaharli tuproq, to’yib ovqatlanmaslik, kamqonlik, halqum saratoni va bronxit kabi kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad, ushbu loyihani amalga oshirishda qiziquvchan volontyorlarni saralab olishdan iborat.