Hujjatlarni topshirish 20-iyundan 20-avgustgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar qabultatunf@gmail.com elektron pochta manzili orqali yoki universitetga tashrif buyurgan holda qabul qilinadi.
1. Pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).
2. Sertifikat, diplom, o‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olingan baholarning (ballarning) skanerlangan nusxasi (PDF formatda, elektron shaklda).
Magistratura darajasini olish uchun bakalavriat diplomi, o‘qigan fanlari va olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (chet tili sertifikat), (PDF formatida, elektron shaklda).
TATU Nukus filiali bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari tanlagan yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi va shartnoma asosida qabul qilinadi.
Suhbat avgust oyida o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi.
Chet el fuqarolariga stipendiya to‘lanmaydi.
Tel: +99861 222-49-11
+998 61-222-46-12