“Karyera markazi”ning maqsadi va vazifasi
• Talabalarni raqobatdosh xodim bo‘lishiga va ularni o‘z sohasi bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarni oshirishga ko‘maklashish;
• Iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularga ish topishda ko‘maklashish;
• Korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etish;
• Talabalarni kasbiy faoliyatiga qiziqishini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
• Bitiruvchilar bilan Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyatlari (karyerasi) to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish.
Ish beruvchilar
• Korxona, tashkilot va muassasalar bilan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;
• Korxona, tashkilot va muassasalarning yangi xodimlarga bo‘lgan talablari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
• Talabalar uchun korxona, tashkilot va muassasalar bilan uchrashuvlar tashkil etib borish;
• Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish;
• Ish beruvchilar soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida suhbatlar, seminarlar, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
• Ish beruvchilar Karyera kuni ko‘rgazmalarida faol ishtirok etishi;
• Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni institut elektron pochta manziliga yuborib turish.
Talabalar
• Mehnat bozorida sohaga mos vakansiya izlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Ishga kirish uchun rezyumelar tayyorlash;
• Ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tishi.
Tadbirlar
• Karyera kuni yarmarkasi;
• Ish beruvchi va talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
• Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilar va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish.
Kasbga yo‘naltirish
• Rezyume (ma’lumotnoma) tayyorlash;
• Suhbat;
• Taqdimotlar.
Onlayn manbalar
• Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi bilan hamkorlikda soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini elektron bazasini yaratib filialning ish e’lonlari bo‘yicha vebportalida yoritish;
• Elektron baza har oyda yangilanib borilishi va unga yangi bo‘sh ish o‘rinlarini kiritib borish;
• Korxona, tashkilot va muassasalarning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasini yaratish;
• Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish;
• Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni bitiruvchilarning elektron pochta manzillariga yuborib turish.