Belorussiya davlat informatika va radiotexnika universitetining qo’shma axborot texnologiyalari fakulteti talabalari keyingi o’qishini Belorussiyada davom ettirish maqsadida Toshkent-Minsk yo'nalishi bo'yicha yo'lga chiqdi. Bugungi kuzatish jarayonida talabalarimizga Nukus filialidan kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.I.Tureniyazova hamrohlik qiladilar.