Belorussiya davlat informatika va radiotexnika universitetining qo’shma axborot texnologiyalari fakulteti 3-kurs talabalari keyingi o’qishini Belorussiyada davom ettiradi. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali majlislar zalida talabalarni Belorussiyaga jo’natish bo’yicha qo’shma fakultetning 3-kursga o’tgan talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirda asosan, Belorussiyaga ketayotgan talabalarga filial direktori va professor-o’qituvchilari o’q yo’l tiladi hamda chet eldagi o’quv jarayoni bo’yicha ma’lumotlar berdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Eslatib o’tamiz, shu haftadan boshlab qo’shma fakultetning 3-kursga o’tgan jami 45 nafar talaba "2+2" qo‘shma dasturiga asosan Belorus davlat informatika va radiotexnika universitetiga yo’l olmoqda. Biz ham o’z navbatida talabalarimizga oq yo’l tilaymiz!