TATU Nukus filiali jamoasi "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etdi
Bahor - tozalik va yangilanish fasli!
Respublikamiz bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berilmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talaba-yoshlar obodonlashtirishda faol ishtirok etishmoqda.
Joriy yilning 15-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali "Kompyuter injiniringi" fakulteti talaba-yoshlari bahor mavsumining kirib kelishi munosabati bilan obodonlashtirish va tozalik ishlariga hissa qo‘shdi.
Loyiha doirasida "Kompyuter injiniringi" fakulteti , "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi" fakultetlariida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Obodonlashtirish ishlarida filial xodimlari, professor-o'qituvchilar ham faollik ko'rsatmoqda.Bahor - nafaqat tabiatning uyg‘onish fasli, balki yangilanish va kelajakka umid bilan qadam qo‘yish davridir. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish ruhini tarbiyalaydi.
Shuningdek, 2024-yil 29-fevral-2-mart kunlari "TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024" forumi bo'lib o'tdi.
Muhtaram Prezidentimizning ichki turizmni yanada rivojlantirish, yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy ongini yuksaltirgan holda ma'naviy immunitet hosil qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 200 ga yaqin talaba-yoshlarni o'zida jamlagan "TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024" forumida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Bir qancha diqqatga sazovor joylariga, shu jumladan, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san‘at muzeyi, Orol bo'yi tarixiy muzeyi hamda Orol dengizi tubidagi kemalar qabristoniga ekskursiya tashkil etildi;
Forum ishtirokchilari tomonidan Orol dengizining qurigan maydoniga 10 000 tup saksovul ko'chatlari ekildi.
Futbol, shahmat, shashka, stol tennisi kabi sport turlaridan musobaqalar o'tkazildi;
Ma'naviy tadbirlar, rahbariyat va yoshlar o'rtasida ochiq muloqot tarzida suhbatlar tashkil etildi;
O'tkazilgan tadbirlardagi eng iqtidorli talabalar munosib taqdirlandilar.