Ózbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 30 oktyabr kuni ótkazilgan videoselektor yiģilishining 86 sonli Bayonida belgilangan vazifalar va Ózbekiston Respublikasi Oliy va órta maxsus ta'lim vazirligining 87-03-4963 sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida 16-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining Kompyuter injineringi fakultetidan B.Fayzullaev , T.Babajanova, V.Mamutova, S.Nietullaeva, A.Karimova , G.Eshniyazova , D.Kodirovlar poytaxtimizda joylashgan 2 sonli ixtisoslashtirilgan maktabga borib, óquv uslubiy jihatdan qóllab-quvvatlash ishlarini amalga oshirdi. Filialning professor - óqituvchilari tomonidan 11-sinf óquvchilari uchun mahorat darslari ótkazildi. Shuningdek, maktab óqituvchilariga doimiy ravishda fan yangiliklarini berib borish, elektron óquv materiallarini ichlab chiqish, metodik ishlanmalar tayyorlash ishlari belgilab olindi.