SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI
Ózbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli Ózbekiston - 2030" strategiyasini tastiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tóģrisida" gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bóyicha óqitish vazifalari belgilangan.
Shunga asoslanib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 11-fevral sanasidan boshlab, Xalq ta'lim vazirligi tizimidagi Nukus shahar XTB ga qarashli umumta'lim maktablarining óquv ishlari bóyicha direktor órinbosarlari uchun óquv kurslari tashkil etilgan edi. Bugun ushbu óquv kurslari yakunlanib, tinglovchilar filial tashkilotchilari tomonidan SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.
TATU Nukus filiali matbuot xizmati.