Ózbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli Ózbekiston - 2030" strategiyasini tastiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tóģrisida" gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bóyicha óqitish vazifalari belgilangan.
Shunga asoslanib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 11-fevral sanasidan boshlab, Xalq ta'lim vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlar uchun óquv kurslari tashkil etildi. Unda filialdan malakali óqituvchilarimiz G.Djaykov va Q.Tlewovlar har xil metodik ishlanmalardan foydalanib, "Xalq ta'limida zamonaviy axborot - kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish" bóyicha soha xodimlariga dars berib kelmoqda.
Ma'lumot uchun, 3 kun davom etuvchi ushbu óquv kurslarida jámi 180 nafar rahbar va xodimlarning AKT bóyicha tajribasi oshirilishi nazarda tutilgan.
TATU Nukus filiali matbuot xizmati.