Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining navbatdagi ilmiy kengashi bólib ótdi. Unda filial direktori t.i.d.B.Qaipbergenov, "Kompyuter injinering" fakulteti dekani Q.Seytnazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va ma'rifiy bólimi boshliģı K.Ergaliev va bir nafar professor - óqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Ilmiy kengashda sózlaganlar filial talabalari erishayorgan yutuqlar haqida sharaf bilan tilga oldi va ushbu talabalarning ustozi bólganimizdan faxrlanamiz deb takidlab ótdi.
Shuningdek, filialda óquv, ilmiy, ma'naviy-marifiy va jamoat ishlarida faol qatnashib, Respublika miqiyosida ótkazilgan fan olimpiadalari, innovacion kórgazmalarda va tanlovlarda yuqori natiyjalarga erishib kelayotgan 40 nafar talaba filial tomonidan uyushtirilgan "Maqtov yorliģi" va estalik sovģalar bilan taqdirlandi.