O‘zbeksdan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktyabrdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida investitsion loyihalarni jalb qilish bo‘yicha bir qancha topshiriqlar berib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir hududiga O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchilarini biriktirgen edi. Mana, shu munosabat bilan bugun Muhammed-al Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasining Hindstondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Axatov Dilshod Xamidovich bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda TATU Nukus filiali o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbasori X.Seytkamalov ochib berdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va o‘zlar-ora tajriba almashishdan iborat. Elchi bilan birgalikda Hindistonning Bangalor shahridan kelgan yosh ishbilarmon Tollam, TATU Nukus filialining professor‑o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi va o’zaro fikr almashinildi.