QARO'ZBРУСENG

Chet ellik o'qituvchi talabalarga dars o'tti

Avval ma'lum qilganimizdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida "Axborot xavfsizligi" kafedrasi va "Ta'lim sifatini nazorat qilish" bo'limi bilan birga Tailantning Assumption universiteti PhD professori Ushik Shrestha Khwakhali bilan kelishuv imzolangan edi. Shu asosda, bugungi kunda TATU Nukus filialida chet ellik o'qituvchi "Axborot xavfsizligi" ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabalariga Axborotni himoyalashning apparat va dasturiy vositalari" fanidan Zoom platformasi orqali dars  o'tib kelmoqda. Talabalarimiz chet ellik o'qituvchining barcha darslariga katta qiziqish bilan qatnashyapti. Bugungi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bir davrda ushbu kasbga bo'lgan talab ham ortib bormoqta. Shunday ekan, bu darslar talabalarimizning ertangi kuni dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda, zamonaviy bilimlarni egallashda va yetuk kadr bo'lib chiqishida katta yo'l ochib berishi aniq.


TATU Nukus filiali matbuot xizmati