QARO'ZBРУСENG

Mo‘ynoq tumanida IT sohasini rivojlantirish uchun yana bir qadam

Moynoq 1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “«Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi PP-6079-sonli Farmonida 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini raqamli transformatsiya qilish dasturi belgilangan. Ushbu Dasturda Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokimliklar, davlat idoralari va tashkilotlari hodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni IT va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish Muxammed al‑Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialiga bekitilgan.

Mazkur Farmon ijrosini amalga oshirish maqsadida 2020 yil 25 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy TATU Nukus filiali direktori B.T.Kaipbergenov boshchiligida, ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kalimbetov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i D.Seytniyazovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi Mo‘ynoq tumani bo‘lim boshlig‘i bilan uchrashdi. Uchurashuvda TATU Nukus filiali bilan birgalikda hokimliklar, davlat idoralari va tashkilotlar hodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni IT va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishda hududlar kesimida tarmoq jadvallari tasdiqlab olindi hamda «Future Moynak» IT markazi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va hozirda davom etayotgan ta’lim sifati o‘rganildi.

Moynoq 2