Bugun, 16 noyabrdan Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda boshlandi.
Shu asosda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida ham an’anaviy o’quv jarayoni boshlandi. An’anaviy darslar bakalavriatning 1 va 4 bosqichda, magistraturaning 1 va 2 bosqichda shuningdek O‘zbek-Belorus qo‘shma fakulteti 1 va 2 bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun joriy etildi. Bunda darslar karantin talablariga qatiy amal qilgan holda olib borilmoqda.
TATU Nukus filiali matbuot xizmati