Joriy yilning 12-noyabr kuni Muhammad al - Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida Respublika ishchi guruhi tomonidan “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” shiori ostida manaviy – ma’rifiy, madaniy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda "Shayırlar" MFY, Muhammad al - Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali, Berdaq nomidagi QDU, Ajiniyaz nomidagi NDPI professor‑o‘qituvchilari va talaba‑yoshlar qatnashdi. Tadbirni tashkil etishtan asosiy maqsad: Pandemiya sharoitida xalqimizning kayfiyatini ko‘tarish, ertangi kunga umid bag‘ishlash va har bir oilada yangicha dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, tadbirda poytaxtimiz Nukus shahrining kecha va bugungi qiyofasi aks etgan videoroliklar ham qo‘yib berildi.
TATU Nukus filiali matbuot xizmati