QARO'ZBРУСENG

Yashil universitet

TATU Nukus filiali jamoasi "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etdi

Bahor - tozalik va yangilanish fasli!

Respublikamiz bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berilmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talaba-yoshlar obodonlashtirishda faol ishtirok etishmoqda.

15-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali "Kompyuter injiniringi" fakulteti talaba-yoshlari bahor mavsumining kirib kelishi munosabati bilan obodonlashtirish va tozalik ishlariga hissa qo‘shdi.

Loyiha doirasida "Kompyuter injiniringi" fakulteti , "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi" fakultetlariida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Obodonlashtirish ishlarida filial xodimlari, professor-o'qituvchilar ham faollik ko'rsatmoqda.

Bahor - nafaqat tabiatning uyg‘onish fasli, balki yangilanish va kelajakka umid bilan qadam qo‘yish davridir. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish ruhini tarbiyalaydi.