Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali "Telekommunikatsiya texnologiyalari va ka’sb ta’limi" fakulteti dekani: | |
PhD Fayzullaev Bayram Artiqbaevich |
|
Qabul vaqti: Dushanba, Payshanba,Juma kunlari (9:00-18:00): | |
Telefon: (8361) 222-46-13; | |
E-mail: telfak@umail.uz |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 2018-2019 o’quv yilidadan Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi fakulteti faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultet o’z faoliyatini tasdiqlangan ish reja va fakultet nizomi asosida amalga oshiradi. Fakultetda quyidagi magistr mutaxassisliklari va bakalavr ta’lim yo'nalishlari bo’yicha mutaxassislari tayyorlanmoqda:
2023-2024 o’quv yilidagi Magistr mutaxassisligi:
- 70611001 - Telekommunikatsiya injiniringi: teleradioeshittirish
- 70610302 - Axborot xavfsizligi (yoʻnalishlar boʻyicha)
2023-2024 o’quv yilidagi Bakalavriatura ta’lim yunalishlari:
- 60611000 - Telekommunikatsiya injiniringi(“Telekommunikatsiyalar”)
- 60611300 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi
- 60610300- Axborot xavfsizligi(sohalar bo‘yicha)
- 60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi
- 60310500 - Raqamli iqtisodiyot
- 60412800 - Elekrton tijorat
Fakultet tarkibida 6 ta kafedra mavjud:
- Axborot ta'lim texnologiyalari kafedrasi;
- Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi;
- Axborot xavfsizligi kafedrasi
- Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi
- Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi
- Malumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi
Fakultet bo’yicha joriy o’quv yilida jami 553 talaba tahsil olmoqda. Talabalar kontingenti yo’nalishlar va kurslar kesimida quyidagi ko’rsatilgan.
Fakultet va kafedralarda rejalashtirilgan o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy–ma’rifiy ishlar rejaga mos holda olib borilmoqda. Fakultetda barcha fanlar bo’yicha o’quv rejalari, fan dasturlari va ishchi o’quv rejalari mavjud. Ular filial va fakultet kengashlari hamda kafedra majlislarida tasdiqlangan.
Dekanat faoliyatiga oid barcha me’yoriy xujjatlar mavjud, o’qituvchilar va talabalar haqida barcha ma’lumotlar, shaxsiy tarkib va talabalar bo’yicha buyruqlar alohida yuritilgan. Reyting qaydnomalari va nazoratlarni o’tkazish jadvallari va boshqa hujjatlar talab darajasida yuritilmoqda.Talabalar davomati muntazam ravishda dekanat tomonidan nazorat qilib boriladi. Talabalar davomati har oyda kamida bir marta tahlil qilinadi.