QARO'ZBРУСENG

HURMATLI ABITURIYENTLAR!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti
(TATU NF-BDIRU ATQF) bakalavriatning Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar ta’lim yo’nalishi  bo‘yicha o‘qishga kirish sinovlari 2020 yil 15 oktyabr soat 11:00 da boshlanadi.

Eslatma: Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Bosh binosiga 2020 yil 15 oktyabr kuni soat 10:00 ga passport bilan kelishi so’raladi. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan abituriyent test sinoviga qo‘yilmaydi.

Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilish mumkin emas. Test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, yordam berish hamda biri-biri bilan gaplashish, test materiallarini yirtish, hududdan tashqariga olib chiqish, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortish Sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi.