O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilm-maʼrifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi va 2020-yilga Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni taklif qildi.
Davlatimiz rahbarining bu taklifi qizg'in qo'llab-quvvatlandi va 2020-yil "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi
- 2020-yil — Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
- 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
- 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
- 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
- 2016-yil — Sog'lom ona va bola yili
- 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
- 2014-yil — Sog‘lom bola yili
- 2013-yil — Obod turmush yili
- 2012-yil — Mustahkam oila yili
- 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
- 2010-yil — Barkamol avlod yili
- 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
- 2008-yil — Yoshlar yili
- 2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
- 2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
- 2005-yil — Sihat-salomatlik yili
- 2004-yil — Mehr va muruvvat yili
- 2003-yil — Obod mahalla yili
- 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
- 2001-yil — Onalar va bolalar yili
- 2000-yil — Sog‘lom avlod yili
- 1999-yil — Ayollar yili
- 1998-yil — Oila yili
- 1997-yil — Inson manfaatlari yili