QARO'ZBРУСENG

Kompyuter injiniringi fakulteti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali "Kompyuter injiniringi" fakulteti dekani:

PhD Berdimbetov Timur Tileubergenovich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (9:00-18:00):
Telefon: +99897 507-34-44
E-mail: tberdimbetov@umail.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 2017-2018 o'quv yilidan Kompyuter injiniringi fakulteti faoliyat ko'rsatmoqda. Fakultet o'z faoliyatini tasdiqlangan ish reja va fakultet nizomi asosida amalga oshiradi. Fakultetda quyidagi magistr mutaxassisliklari va bakalavr ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislari tayyorlanmoqda:

Kompyuter injiniringi fakulteti Magistr mutaxassisliklari:

  • 70610501 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”)
  • 70610601 - Dasturiy injiniring

Kompyuter injiniringi fakulteti Bakalavriatura ta'lim yo'nalishlari:

  1. 5330501 – Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi")
  2. 5330502 – Kompyuter injiniringi ("AT-Servis")
  3. Dasturiy injiniringi

Fakultet tarkibida 4 ta kafedra mavjud bo'lib ular:

  1. Axborot texnologiyalari kafedrasi
  2. Dasturiy injiniringi va matematik modellashtirish kafedrasi
  3. Kompyuter tizimlari kafedrasi
  4. O'zbek tili va chet tillar kafedrasi

Fakultet va kafedralarda rejalashtirilgan o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy–ma’rifiy ishlar rejaga mos holda olib borilmoqda. Fakultetda barcha fanlar bo’yicha o’quv rejalari, fan dasturlari va ishchi o’quv rejalari mavjud. Ular filial va fakultet kengashlari hamda kafedra majlislarida tasdiqlangan.

Dekanat faoliyatiga oid barcha me’yoriy xujjatlar mavjud, o’qituvchilar va talabalar haqida barcha ma’lumotlar, shaxsiy tarkib va talabalar bo’yicha buyruqlar alohida yuritilgan. Reyting qaydnomalari va nazoratlarni o’tkazish jadvallari va boshqa hujjatlar talab darajasida yuritilmoqda.Talabalar davomati muntazam ravishda dekanat tomonidan nazorat qilib boriladi. Talabalar davomati har oyda kamida bir marta tahlil qilinadi.